HUQUQIY HUJJAT · OXIRGI YANGILANISH: 2026-11-23

Maxfiylik siyosati

Ushbu Maxfiylik siyosati QalamX veb-sayti, mobil ilovasi va Telegram botidan foydalanishda shaxsiy ma'lumotlaringiz qanday yig'ilishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Siyosat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

  • Hisob ma'lumotlari: ism-familiya, telefon raqami (Telegram orqali tasdiqlangan), elektron pochta va Google identifikatori (agar Google orqali kirsangiz), shartlarga rozilik vaqti.
  • Ta'lim va test ma'lumotlari: tashkilotlarga a'zolik, tuzilgan testlar va qo'llanmalar, topshirilgan test javoblari, ballar va mashqlar tarixi.
  • OMR skan rasmlari: o'qituvchilar yuklagan qog'oz javob varaqalari tasvirlari (faqat javoblarni tanib olish va tekshirish uchun).
  • Texnik ma'lumotlar: xavfsizlik va xatolarni tuzatish uchun so'rov vaqti, IP-manzil va qurilma/brauzer haqidagi umumiy axborot.

2. Ma'lumotlar nima maqsadda ishlatiladi

  • Hisobingizga kirishni ta'minlash (Telegram kodi, Google yoki parol orqali).
  • Testlarni onlayn va qog'ozda (OMR) o'tkazish, baholash va natijalarni ko'rsatish.
  • Tashkilotlar, o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida natijalarni xavfsiz almashish.
  • Tariflar, limitlar va texnik yordamni ta'minlash, suiiste'mollikdan himoya qilish.

3. 18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar (ota-ona roziligi)

QalamX'dan maktab va o'quv markazi o'quvchilari ham foydalanishi mumkin. Agar siz 18 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, ro'yxatdan o'tish va shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlash ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingiz roziligi bilan (yoki ta'lim muassasangiz orqali) amalga oshiriladi. Ota-onalar istalgan vaqtda farzandining hisobini o'chirishni so'rash huquqiga ega.

4. Ma'lumotlarni saqlash va uchinchi tomon xizmatlari

  • Shaxsiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq himoyalangan serverlarda saqlanadi, parollar ochiq holda saqlanmaydi (kriptografik xesh).
  • Kirish uchun ixtiyoriy ravishda Google Sign-In va Telegram Bot API ishlatiladi — ularga faqat autentifikatsiya uchun zarur ma'lumot uzatiladi.
  • AI yordamchi funksiyalaridan (savol importi, tahlil) foydalanilganda faqat o'quv materiallari (savol matni/PDF) yuboriladi; o'quvchilarning shaxsiy telefon raqami yoki pochtasi yuborilmaydi.
  • Shaxsiy ma'lumotlaringiz reklama maqsadida uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

5. Huquqlaringiz va hisobni o'chirish

Siz istalgan vaqtda o'z ismingizni tahrirlashingiz, ulangan kirish usullarini boshqarishingiz yoki hisobingizni butunlay o'chirishingiz mumkin. Hisob o'chirilganda barcha shaxsiy identifikatorlar (ism, telefon, pochta, Google va Telegram bog'lamalari, parol) darhol o'chiriladi va anonimlanadi.

Hisobni o'chirish tartibi va sahifasi →

6. Bog'lanish

Maxfiylik siyosati yoki shaxsiy ma'lumotlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, Ommaviy oferta bilan tanishing yoki kabinet orqali administrator bilan bog'laning.